Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

31.12.2021 5679

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi, "Akkreditatsiya markazi" DUK tomonidan qayta akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi va akkreditatsiya guvohnomasi qayta rasmiylashtirildi.

Akkreditatsiya O‘z DSt ISO/IEC 17065:2015 «Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga talablar» davlat standarti asosida o‘tkazildi. Ushbu standart hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan sertifikatlashtirish organlariga qo‘yilgan talablarni belgilaydi va ISO/IEC 17065:2012 xalqaro standartiga aynan o‘xshash.
Qayta baholashdan so‘ng mahsulotlarni sertifikatlashtirish organiga 0'ZAK.MS.005l – sonli Akkreditatsiya to‘g‘risida guvoxnoma berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Mahsulotlarni sertifikatlashtirish markaziy organi va uning akkreditatsiya sohasi to‘g‘risidagi maʼlumotni "Akkreditatsiya markazi" DUKning https://akkred.uz/ sayti orqali olish mumkin.